Elektron pochta

info@yoursite.com

Biz bilan bog'laning

+998 78 150-97-80

Yangiliklar

Bosh sahifa Yangiliklar

Mustaqilligimizning 34 yilligi muborak bo'lsin! “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!”

491
630
700
369

Mustaqilligimizning 34 yilligi muborak bo'lsin! “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!”

 Assalomu alaykum xurmatli va kadrdon xamkasblarimiz, ustozlarimiz!

Sizni  xalqimizning eng ulug' bayrami — Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etaman!
Bu qutlug' ayyomda Sizga va oila azolarizga , farzandlarizga mustahkam sog'lik, tinchlik-omonlik, baxt-saodat va uzoq umr tilayman. Qalblaringizni quvonch, shodu hurramlik, oilangizni qut-baraka aslo tark etmasin!   O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqlarida ta'kidlab o'tganlaridek, sifatli ta’lim-tarbiya, aholi salomatligi kelgusi taraqqiyotimizni hal qiladigan eng muhim masala ekani ta’kidlandi. So‘nggi sakkiz yilda xususiy sektor bilan birga bog‘chalardagi o‘rinlar ikki yarim millionga, qamrov 78 foizga yetkazildi. Yangi maktablar qurilgani, borlari kengaytirilgani hisobiga qo‘shimcha 1 millionta o‘quvchi o‘rni yaratildi. Zamonaviy darsliklar, ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida maktab ta’limiga yangi mazmun, yangi sifat kirib kelmoqda. Shu davrda oliy ta’limda ham keskin burilish yasalib, qamrov 9 foizdan 42 foizga yetkazildi. Ayniqsa, talabalarning 53 foizini xotin-qizlarimiz tashkil etayotgani alohida e’tiborga sazovor. Hozirgi vaqtda dunyodagi top oliygohlarda 2 mingdan ziyod talabalarimiz tahsil olmoqda. Ulardan 750 nafari “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali davlat hisobidan o‘qimoqda. Barchangizni Mustaqillik kuni bilan yana bir bor samimiy tabriklab, yuragimdagi eng ezgu tilaklarimni izhor etaman. Olloh taolo aziz yurtimizni o‘z panohida asrasin! Har bir inson, har bir oilaga tinchlik va xotirjamlik, qut-baraka, baxt-saodat hamisha yor bo‘lsin! deb  yurtboshimiz tabrik nutqlaridan.

Samimiy tilak va ehtirom bilan kafedra mudiri Mirraximova Maktuba Xabibullaevna