info@yoursite.com
+998 78 150-97-80
“BOLALAR KASALLIKLARI» KAFEDRASI TARIXI
“Bolalar kasalliklari” kafedrasi uzoq tarixga ega. Kafedra 1920 yilda dotsent A.N. Ustinov tomonidan tuzilgan. A.N. Ustinov 1922 yilgacha kafedrani boshqargan. 1922 yildan 1924 yilgacha kafedrani Vasiliy Ivanovich Lыsenko (1885-1946yy) – tibbiyot fanlari doktori, professor boshqargan. U Xarkov universiteti tibbiyot fakultetini tamomlagan, «Issiq iqlim sharoitida bolalarni ratsional ovqatlantirish” to‘g‘risida 40 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. 1936 yilda Lыsenko V.I. bolalarni ovqatlantirish kafedrasini tuzgan, 1945yilda esa, pediatriya fakultetining bolalar kasalliklari kafedrasini tuzgan.
1927-1930 yillarda kafedrani Nikolay Ivanovich Osinovskiy –tibbiyot fanlari doktori, professor boshqargan. Osinovskiy N.I. 1919 yilda Harbiy-tibbiy akademiyani tugatgan. Doktorlik dissertatsiyasini 1922 yilda ximoya qilgan. Uning asosiy ishlari tsinga, qizilcha, tserebro-spinal meningit, oshqozon-ichak kasalliklarining klinikasi, tashhisiga bag‘ishlangan.
1930 yildan 1960yilgacha kafedrani Rafail Samuilovich Gershenovich (1889 – 1960 yy) tibbiyot fanlari doktori, professor, xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Berlin va Parij pediatrlar jamiyati korrespondent aʻzosi boshqargan. Gershenovich R.S. 1907 yilda Parij universiteti fakultetini tamomlagan. Doktorlik dissertatsiyasini 1935 yilda himoya qildi, Oshqozon-ichak trakti kasalliklari, pellagra, bolalar sili, leyshmanioz, qon kasalliklarini tashhislash va davolash bo‘yicha 150dan ortiq ishlar muallifi hisoblanadi.
Bu yillarda kafedrada I.F. Fazilov, M.A. Mirzamuxamedov ishlagan. Kafedraning ilmiy yo‘nalishi bolalarda oshqozon – ichak patologiyasiga bag‘ishlangan.
1935yilda talabalar soni ko‘payganligi munosobati bilan tibbiy-gigienik va davolash fakultetlari ochildi. Bu kafedrani 1935yildan 1966 yilgacha Konstantin Gerasimovich Titov (1898 – 1970 yy) — tibbiyot fanlari doktori, professor, xizmat ko‘rsatgan fan arbobi boshqardi.
Titov K.G. 1928 yilda SAGUni tibbiyot fakultetini tamomlagan. 1936 yilda tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasi berildi. U 65dan ortiq ilmiy ishlari bolalarda o‘pka va qon kasalliklariga bag‘ishlangan. Bu davrda kafedrada V.P. Yeletskaya, I.F. Fazilov, S.Yu. Shayusupova, T.K. Qodirovalar faoliyat yuritgan. Kafedraning ilmiy yo‘nalishi fiziologiya, gistologiya va suyak ko‘migi va retikuloendotelial tizimlar patologiyasiga bag‘ishlangan.
1966-1967 yy va 1975-1990 yillarda kafedraga Mannaf Atamatovich Mirzamuxamedov (1920 – 2002 yy) –tibbiyot fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi mudirlik qildi. Mirzamuxamedov M.A. 1943 yilda ToshDavTIni tamomlagan. 1949 yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan, doktorlik dissertatsiyasini – 1975 yilda himoya qilgan. 150dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, ilmiy ishlari ovqat hazm qilish aʻzolari kasalliklari tashhisoti va davosiga bag‘ishlangan.
3 nafar fan doktorlari va 12 ta fan nomzodlarini tayyorlagan. 1955-1966 yillarda Samarkand tibbiyot instituti rektori lavozimida ishlagan. 1967 – 1975 yillarda – Pediatriya ilmiy tekshirish instituti direktori bo‘lib ishlagan . 1977-1980 yillarda – ToshDavTI II- davolash fakulteti dekani, 1980–1982yillarda – tayyorlov bo‘limi dekani bo‘lib ishlagan. O‘zbekiston Respublikasi bir nechta orden va ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan.
1968 – 1972 yillarda kafedraga Orxon Sirojiddinovich Maxmudov (1927-2012 yy), tibbiyot fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Abu Rayhon Beruniy nomli Davlat mukofoti laureati mudirlik qilgan. Maxmudov O.S. 1943 yilda ToshDavMI tamomlagan. Nomzodlik dissertatsiyasini 1960 yilda, doktorlik dissertatsiyasini – 1966 yilda himoya qilgan.
10 dan ortiq fan doktorlari va 50 nafar fan nomzodlarini tayyorlagan. 300tadan ortiq ilmiy ishlar muallifi, ilmiy ishlari bolalardagi yuqumli kasalliklarning dolzarb muammolariga qaratilgan. 1966 – 1968 yillarda sanitariya – gigiena fakulteti dekani, 1968 – 1972 yillarda institut ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori bo‘lgan. 1976 – 1983 yillari Pediatriya ITI direktori. 1983 – 1984 yillarda O‘zbekiston Sog‘liqni Saqlash Vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
O‘zbekiston Respublikasi bir nechta orden va ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan. Bu davrda kafedrada I.F. Fazilov, V.P. Yeletskaya, I.A. Islambekova, S.Yu. Shayusupova, T.K. Kadыrova, Z.K. Fayzieva, D.N. Xudoyarovalar faoliyat ko‘rsatishgan.
1972 – 1975 yillarda kafedraga dotsent Yeletskaya Valentina Pavlovna rahbarlik qilgan.
Shu vaqtda ToshDavTI bolalar bo‘limi bazasida tibbiy gigiena va stomatologiya fakultetlari uchun «Bolalar kasalliklari» kafedrasi tuzilgan, unga professor M.R. Nuritdinov mudirlik qilgan.
Mayiddin Rasulovich Nuritdinov (1927 – 1996 yy) – tibbiyot fanlari doktori professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan shifokor.
Nuriddinov M.R. 1952 yilda ToshDavTIni tamomlagan. 1956 yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan, doktorlik dissertatsiyasini – 1972 yilda himoya qilgan. 100dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Ilmiy ishlari bolalar gematologiyasi va revmatologiyasiga bag‘ishlangan.
1972– 1996 yillarda tibbiy gigiena va stomatologiya fakultetlarining “Bolalar kasalliklari” kafedrasiga mudirlik qilgan.
1971 – 1972 yy. – ToshDavTI pediatriya fakulteti dekani, 1972 – 1976 yy. – tayyorlov bo‘limi dekani, 1976 – 1978 yy. – o‘qituvchilar malakasini oshirish fakulteti dekani bo‘lib ishlagan. 1978 – 1980 yy. – internatura va amaliyot dekani bo‘lgan. 1 fan doktori va 4 nafar fan nomzodlarini chiqargan. Bu davrda kafedrada quyidagi xodimlar faoliyat yuritishgan: D.N. Xudoyarova, M.N. Axundi, Z.K. Fayzieva, I.M. Isamuxamedov, G.N. Shoislamova, Sh.Sh. Abdusagatova, U.F. Amirova, A.A. Zaxidova, O.Sh. Akramova, R.R. Mirdjuraeva, T.I. Davidova, F.X. Abыzgildina, I.N. Nizametdinov, M.X. Alimova, D.R. Kurbanova, D.R. Salimova.
ToshDavTI ikkiga ajralgandan so‘ng, professor M.A. Mirzamuxamedov rahbarlik qilgan kafedra yangi tashkil qilingan institutda joylashgan, professor M.R. Nuritdinov kafedrasi ToshDavTI davolash va stomatologiya fakultetlari uchun faoliyat yuritgan.
1996 -2008yy. Kafedraga Ilxom Nizamovich Nizametdinov (1949 – 2011yy.) – tibbiyot fanlari doktori, professor mudirlik qilgan. Nizametdinov I.N. 1972 yilda SamMIni tamomlagan. Nomzodlik dissertatsiyasini 1980 yilda, doktorlik dissertatsiyasini – 1992 yilda himoya qilgan. 200 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. 2 nafar fan doktori va 7 ta fan nomzodlarni tayyorlagan.
Nizametdinov I. N. kafedra mudiri bo‘lgan vaqtda kadrlar tayyorlash va ilmiy-amaliy ishlar anʻanalari saqlandi. Bu vaqtda kafedrada quyidagi xodimlar faoliyat yuritishgan: tibbiyot fanlari doktori, dotsent Sharapova M.X., dotsentlar: D.R.Kurbanova, E.A. Xudaykulov, M.X. Alimova, katta o‘qituvchi, t.f.n. Z.K. Fayzieva, assistentlar: A.A. Zaxidova, O.Sh. Akramova, R.R. Mirdjuraeva, T.I. Davidova, F.X. Abizgildina, D.R. Salimova.
Professor Nizametdinov I.N. jurnal va to‘plamlarda 200 dan ziyod ilmiy maqolalar, 3ta monografiya, 56 uslubiy qo‘llanma muallifi, 50 tadan ortiq ilmiy konferentsiyalar o‘tkazgan, 2 nafar fan doktori va 7 fan nomzodi raxbari, 14 ta klinik ordinatorlar tayyorlagan. Kafedrada Gollandiya tibbiyot markazi va Qozog‘iston Davlat tibbiyot universiteti poliklinik pediatriya bolalar immunologiya va allergologiya kursi kafedrasi bilan uzviy bog‘liqliklar yo‘lga qo‘yilgan.
1999 yildan I ToshDavTI da 6-7 kurslar uchun “Bolalar kasalliklari” kafedrasi tashkil etilgan. Kafedraga tibbiyot fanlari doktori, professor Axmedova Diloram Ilxomovna (1956 y.t.) rahbarlik qilgan. Axmedova D.I. 1980 yilda SAMPI (xozirgi ToshPMI) tamomlagan. Nomzodlik dissertatsiyasini 1989 yilda, doktorlik dissertatsiyasini 1997 yilda himoya qilgan. Bolalarda shoshilinch holatlar, chaqaloqlar gemolitik kasalliklari tashhislash va davolash to‘g‘risida 150dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. «Sog‘lom avlod» dasturi Davlat komissiyasi aʻzosi hisoblanadi. Axmedova D.I. raxbarligida 2 doktorlik va 10 tadan ortiq nomzodlik dissertatsiyalari ximoya qilingan. Bu vaqtda kafedrada quyidagi xodimlar faoliyat yuritishgan: prof. Inoyatova F.I., dotsent Arifova G.A., assistentlar: t.f.n. Xalmatova B.T., t.f.n. Abdazimova U.T., t.f.n. Ishniyazova N., t.f.n. Shadmanova F.D., Abdullaeva D.T.
2005 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi tashkil topdi va 6-7 kurslar uchun “Bolalar kasalliklari” kafedrasi 4-5 kurslar uchun “Bolalar kasalliklari neonatologiya va tibbiyot genetikasi» kafedrasi bilan birlashtirildi. Kafedraga professor Nizametdinov I.N. rahbarlik qildi (2008 yilgacha). Bu vaqtda kafedrada quyidagi xodimlar ishlagan: d.m.n. Xalmatova B.T., d.m.n. Sharapova M X., d.m.n. Raxmanova L.K., dots. Kurbanova D.R., dots. Xudaykulov E.A., katta o‘qituvchilar: Fayzieva Z.K., Shadmanova F.D., assistentы: Mirraximova M.X., Salimova D.R., Muxamedova P.I., Abdazimova U.T., Mekenbaeva R.T., Boboeva U.R., Shamsieva E.R., Karimova B.N., Kasimova M.B., Axmedova G.X., Nosirov M.A., Yadgarova D.U.
Kafedraga 2008 yildan 2012 yilgacha kafedraga AN RUz akademigi Daminov Turg‘unpo‘lat Obidovich (1941y.t.) rahbarlik qildi. Bu vaqtda kafedra «Yuqumli kasalliklar va pediatriya» kafedrasi deb nomlandi.
T.A.Daminov 350 dan ortiq ilmiy ishlar, 4 ta darslik, 12ta monografiya muallifidir, uning rahbarligi ostida 5 ilmiy to‘plam chiqarilgan.
Daminov T.O raxbarligida 19 doktorlik va 40 dan ziyod nomzodlik dissertatsiyalari ximoya qilingan.
Bu vaqtda kafedrada professorlar: Kamilov A.I., Tuychiev L.N., Xalmatova B.T., Sharapova M X., dotsentlar: Kurbanova D.R., Xudaykulov E.A., Agzamxodjaeva N.S., Mirraximova M.X., Magzumov X.B, Shukurov B.V., Xudaykulova G.K., Abdukaxxarova M.F., Tadjieva N.U., katta o‘qituvchilar: Fayzieva Z.K., Aladova L.Yu., Begmatov B.X., Ibragimov B.E., assistentlar: Mekenbaeva R.T., Boboeva U.R., Abdullaeva D.T., Shamsieva E.R., Sotiboldieva N.R., Karimova B.N., Kasimova M.B., Axmedova G.X., Muminova M.T. faoliyat yuritishgan.
2012 yilda kafedra “Bolalar kasalliklari” deb nomlandi va kafedraga tibbiyot fanlari doktori, professor Xolmatova Barno Turdixodjaevna rahbarlik qilib kelgan.
2022 yildan boshlab professor Mirraximova M.X. kafedra mudiri etib tayinlandi. Hozirgi kunda kafedrada quyidagi xodimlar faoliyat ko‘rsatmoqdalar: dotsentlar: Kurbanova D.R., Agzamhodjaeva N.S., Xudaykulov E.A., Abdullaeva D.T., Sotiboldieva N.R., Tashmatova G.A., Shamsieva E.R., katta o‘qituvchilar: Nishanboeva N.Yu.(PhD), Saidxonova A.M., (PhD), Raxmatova F.U. (PhD), assistentlar: Axmedova G.X., Abdujalilova M.Sh., Ilmuratova M.A., Akromho'jaeva A.B.