info@yoursite.com
+998 78 150-97-80
Bolalar kasalliklari kafedrasi Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasining 14 binosida davolash ishlarini olib boradi. Kafedra bolalar qabul bo’limi, allergologiya va pulmonologiya bo’limlarida maslahat va davolash ishlariga mas’ul. Bundan tashqari TTA 2-klinikasining bolalar LOR va bolalar jarroxligi bo’limlarida maslaxat ishlarini olib borishadi. Kafedra tashabbusi bilan pulmonologiya va allergologiya bo’limlarida «Onalar maktabi» va «Astma maktabi» tashkil qilingan. Bu maktablarda onalarga turli mavzularda seminarlar o’tkazilib kelinmoqda.
Bo’limdagi shifokorlar uchun dolzarb mavzularda ilmiy amaliy seminarlar va mahorat darslari tasdiqlangan reja asosida olib boriladi. Reja asosida konferentsiyalar o’tkaziladi va kasallik tarixlari muhokama qilinadi.
Kafedra xodimlari Toshkent viloyatining Oxangaron, Chirchiq, Olmaliq va Angren tumanlarida bolalar kasalliklarini davolash va kasalliklarni oldini olish bo’yicha rejali ishlar olib borishmoqda.Shuningdek, kafedra negizida temir yo‘l bolalar kasalxonasida shifokorlar uchun ma’ruzalar, bemorlar uchun maslahatlar yo‘lga qo‘yiladi.