info@yoursite.com
+998 78 150-97-80
Xurmatli mehmonlar.
Bizning Respublikamiz axolining o‘rtacha yoshiga nisbatan eng yosh xisoblanadi, aholining 41% yaqini bu bolalar va o‘smirlardir. Shuning uchun umumiy amaliyot shifokori o‘zining kundalik amaliyotida bolalar muammosiga ko‘p vaqt ajratishiga to‘g‘ri keladi. Respublikamiz birinchi prezidenti Islom Karimov onalar va bolalar salomatligini yaxshilash choralariga katta eʻtibor beradilar, chunki sog‘lom onadan sog‘lom bola dunyoga keladi, sog‘lom avlod yurt kelajagi hisoblanadi. Bizning kafedramizda bolalar organizmining yoshga oid anatomik-fiziologik xususiyatlari, sog‘lom va kasal bolalarni to‘g‘ri ovqatlantirish tamoyillari, jismoniy rivojlanish monitoringini o‘tkazish, bolalar orasida keng tarqalgan kasalliklarni erta tashhislash va davolash usullari, bolalar kasalliklarini oldini olish yo‘llari o‘rgatiladi.
Umumiy amaliyot shifokorining doimiy faoliyatida bolalarni sog‘lomlashtirish, bolalar orasida keng tarqalgan kasalliklarni erta tashhislash, davolash va dispanser nazoratini o‘tkazish asosiy o‘rinni egallaydi. Shu sababli umumiy amaliyot shifokorini tayyorlash dasturida “Pediatriya” fani kiritilgan. “ Bolalar kasalliklari” kafedrasida davolash va tibbiy-pedagogika fakultetlarining 3-4 kurs talabalari, tibbiy profilaktika fakultetining 4 kurs talabalari taʻlim olishadi.
Maqsad va vazifalar:
Pediatriya fani umumkasbiy fanlar majmuasiga taaluqli bo‘lib, u II-X semestrlarda o‘qitiladi.
Fanning maqsadi – talabalarda turli yoshdagi sog‘lom va bemor bolalar va ularning ota-onasi bilan muloqat qilish, bolalarni tekshirish, jismoniy monitoring o‘tkazish, bolalik yoshida uchrovchi kasalliklarni tashxislash, davolash, profilaktika va reabilitatsiya choralarini belgilash bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirish.
Fanning vazifalari:
Kafedraning o‘quv bazalari:
Pediatriya fani TTA ning ko'p tarmoqli klinikasining 14-bolalar korpusida va kafedra bazasi Toshkent shahar Temir yullar bolalar shifohonasida olib boriladi. Klinikada poliklinika, allergologiya, pulmonologiya, kardiorevmatologiya, nefrologiya, chaqaloqlar bo‘limi, ko‘krak yoshidagi bolalar bo‘limi, jonlashtirish va intensiv terapiya bo‘limlari mavjud. Amaliy mashg‘ulotlar zamonaviy kompyuterlar bilan jihoslangan xonalarda olib boriladi. Kafedrada prezentatsiya o‘tkazish uchun videoporoektor mavjud. Barcha kompyuterlar 3G Modem orqali Internet tarmog‘iga ulangan. Amaliy ko‘nikmalarni o‘rgatish uchun mashg‘ulotlar maxsus tashkil qilingan laboratoriyada olib boriladi. Ushbu laboratoriyada mulyajlar va tematik stendlar mavjud. Amaliy dars jarayonida talabalarga mavzu bo‘yicha bemorlar va videotasvirlar namoyish qilinadi.
Kafedraning tarkibi: Bugungi kunda kafedrada bitta professor, 7ta dotsent, 3 katta o‘qituvchi va 4 assistent faoliyat ko‘rsatadi. Kafedraning ilmiy saloxiyati 73% ni tashkil qiladi.