26
/
08.04.2025
Alisher Navoiyning 584 yilligi
Bugun 9-fevral — buyuk shoir, ulug‘ mutafakkir, davlat arbobi va insoniyat ma’naviyatining buyuk timsoli Alisher Navoiyning 584 yilligi
Navoiy bobomizning “Tilga eʼtibor – elga eʼtibor”, — degan o‘gitlari bugungi kun yoshlarini ona tilini qadrlash va ulug‘lashga daʼvat etadi. O‘z davrida turkiy tilning buyukligini isbotlab, uni ilm va adabiyot tiliga aylanish yo‘lini ochib bergan. Bugun biz ham tilimizni rivojlantirish va ilm-maʼrifat bilan yuksaltirishni o‘z oldimizga muhim maqsad qilib qo‘ymoqdamiz. Yangi O‘zbekistonning kelajagi bo‘lmish yoshlar Navoiy merosini faqat kitob sahifalarida emas, balki o‘z hayotlarida ham yashatib, uning ma’naviy boyligidan bahramand bo‘lishlari lozim.
Buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida oʻrin tutadi. Ulugʻ shoir oʻzining sheʼriy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy gʻoyalarni, ona tilimizning beqiyos soʻz boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini butun jozibasi va latofati bilan namoyon etib, yer yuzidagi millionlab kitobxonlar qalbidan munosib va mustahkam oʻrin egalladi.