8-MART XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI BILAN TABRIKLAYMIZ!
8-MART XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI BILAN TABRIKLAYMIZ!
Aziz va munis onaxonlar va dilbar opa-singillar sohamizning barcha muxtarama ayollari hamda go‘zal qizlari! Barchangizga nafis bahor, muhabbat, go‘zallik, latofat va mehr ramzi bo‘lgan 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak bo‘lsin!
Odatda ayolni bahorga, bahorni esa ayolga qiyoslashadi. Zotan o‘lkamiz uzra muattar sepini yoya boshlagan bahorning ilk kunlari aynan xotin-qizlar bayrami bilan boshlanishi ham ramziy ma’no kasb etadi. Ayoli bor oila qut-barakali, fayzli va tarovatli bo‘ladi. Yurtimiz ham, jamiyatimiz ham ayol bilan go‘zaldir.
O‘zbekistonimiz turmush tarzining osudaligi, baxt-saodatli va totuvligi, olib borilayotgan har bir bunyodkorlik, yaratuvchanlik ishlarida ayollarimizning aql-zakovati, o‘tkir zehni mujassam ekanligini quvonch bilan ta’kidlab o‘tishimiz joiz.
Demak, Siz hamisha el-yurt ardog‘idasiz. Sizning salomatligingiz, baxtingiz, sha’n va huquqingiz biz uchun ko‘z qorachig‘idek azizdir.
Aziz va muxtaram opa-singillar!
Barchangizni er kurramizda keng miqyosda nishonlanib kelinayotgan 8 – mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan samimiy qutlab, Sizlarga sihat-salomatlik, oilalaringizda to‘kin-sochinlik, baxt-saodat, shodu- hurramlik, sharafli ishlaringizda yangidan-yangi zafarlar tilayman.
Ayollik baxti, bekalik taxti, onalik martabasi Sizlarga hamisha hamroh bo‘lsin!