Elektron pochta

info@tashmeduni.uz

Biz bilan bog'laning

+998 78 150-97-80

Tadbirlar

Bosh sahifa Tadbirlar

Kelajak soati - Jadid bobolarimiz

491
630
700
369

Kelajak soati - Jadid bobolarimiz

   “Buyuk ma’rifatparvar bobolarimiz tomonidan olg‘a surilgan g‘oyaviy-siyosiy, ijtimoiy-ma’rifiy va huquqiy-axloqiy qarashlar, turli millat va elatlar o‘rtasida bag‘rikenglik va hamjihatlik tamoyillarini qaror toptirish bilan birga, milliy manfaatlarni himoya qilishga qaratilgan intilishlar hozirgi murakkab va tahlikali zamonda barchamiz, avvalo, yoshlarimiz uchun chinakam ibrat namunasidir. Ularning hayoti va jasorati bugungi tinch va osoyishta kunlarga osonlik bilan erishilmaganini eslatib, milliy istiqlolimizni, jonajon Vatanimizni ko‘z qorachig‘iday asrashga doimo da’vat etib turadi”.  Ushbu purma’no va haqqoniy fikrlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yaqinda poytaxtimizda o‘tkazilgan “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigida aytilgan.  

  Millat Sardorining tabrigidan keltirilgan iqtibosda jadidlarning “g‘oyaviy-siyosiy, ijtimoiy-ma’rifiy va huquqiy-axloqiy qarashlar”ni olg‘a surgani alohida ta’kidlanishi bejiz emas. Chunki ma’rifatparvar bobolarimizning faoliyati faqat adabiyot sohasi bilangina cheklanib qolmagan. Ular ijtimoiy sohaning ta’lim va ma’rifat, tarix va taraqqiyot, teatr va dramaturgiya, san’at va musiqa, falsafa va mantiq, milliy davlatchilik va huquq, tabiat va geografiya kabi deyarli barcha yo‘nalishlarini rivojlantirish tarafdori bo‘lgan. Shuni ham qayd etish joizki, O‘zbekiston Prezidenti ayni mavzuga 2023 yil 22 dekabrda bo‘lib o‘tgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida ham to‘xtalgandi. O‘shanda Prezidentimiz, jumladan, shunday deb ta’kidladilar:

“Tarixdan ma’lum, Vatan va xalq taqdiriga nisbatan tahdidlar kuchaygan vaziyatda aynan millat fidoyilari – uyg‘oq qalbli ziyolilar, shoir va adiblar, san’at namoyandalari, ma’naviyat va ma’rifat sohasi xodimlari jasorat bilan maydonga chiqqanlar. Mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining yangi, yuksak bosqichiga kirayotgan hozirgi paytda bizga jadid bobolarimiz kabi g‘arb ilm-fan yutuqlari bilan birga, milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur”.

Binobarin, bugun jadidchilikning holati va istiqbollarini har tomonlama chuqur o‘rganishimiz lozim. O‘rganganda ham – faqat adabiyotshunoslik emas, balki barcha fanlar doirasida jadidchilik fenomenining turfa qirralarini sinchiklab tahlil va talqin etish kerak bo‘ladi. Bu, o‘z navbatida, bir qator ilmiy-amaliy ishlarni bajarishni taqozo etadi.