Elektron pochta

info@tashmeduni.uz

Biz bilan bog'laning

+998 78 150-97-80

Xalqaro aloqalar.

Bosh sahifa Xalqaro aloqalar.

  • Xalqaro aloqalar.

 Rossiya Federatsiyasi, Tatariston Respublikasidagi Qozon federal universitetida “Pediatriya” dasturi bo’yicha kasbiy stajirovka 

  Kafedramiz  dotsenti Abdujalilova Maftuna Shuhrat qizi Rossiya Federatsiyasi, Tatariston Respublikasidagi Qozon federal universitetida “Pediatriya” dasturi bo’yicha kasbiy stajirovka o’tamoqda. Dotsent ushbu stajirovkaga O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligining yosh olimlarni xorijga stajirovkaga yuborish bo’yicha maqsadli tanlovi g’olibi sifatida yo’llangan. Bu universitet yosh olimlarining respublika miqyosidagi tanlovlarda raqobatbardoshligini va xalqaro ilmiy faoliyatga faol jalb etilayotganini namoyon etadi. 1804-yilda tashkil topgan Qozon federal universiteti Rossiyaning eng qadimiy va nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Stajirovkaning klinik bazasi bo’lgan Tatariston Respublikasi Bolalar respublika klinik shifoxonasi (BRKSH) esa mintaqaning yetakchi ko’p tarmoqli bolalar shifoxonasi bo’lib, unda bolalarga ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologiyali tibbiy yordam ko’rsatiladi. Stajirovkaga t.f.n., QFU, dotsent, bolalar pulmonologi Zakirov Ilnur Ilgizovich rahbarlik qilmoqda. Dastlabki bosqichda bolalar poliklinikasining ish tartibi, DRKBning tashkiliy tuzilmasi hamda bolalar palliativ yordam bo’limi faoliyati o’rganildi.

     Stajirovkaning asosiy qismi bolalar allergologiyasi va pulmonologiyasiga bag’ishlangan. Dotsent DRKBning bolalar allergologiya bo’limida klinik amaliyot olib bormoqda, shuningdek kurator bilan birgalikda haftada bir necha marta bronxo-o’pka kasalliklariga chalingan bolalarni ko’rikdan o’tkazmoqda. Bunda bolalarda bronxial astma, allergik rinit va boshqa allergik kasalliklarni tashxislash, nazorat darajasini baholash, bazis terapiyani individual tanlash va bemorlarni uzoq muddatli kuzatuvga olish bo’yicha zamonaviy yondashuvlar amalda o’rganilmoqda. Ayniqsa, og’ir kechuvchi allergik bronxial astmasi bo’lgan bolalarda gen-muhandislik biologik preparatlari yordamida o’tkaziladigan target terapiya, xususan anti-IgE monoklonal antitanasi — omalizumabni qo’llash amaliyoti chuqur o’rganilmoqda. Bemorlarni ushbu terapiyaga tanlash mezonlari, dozani umumiy IgE darajasi va tana vazniga qarab hisoblash hamda davolash samaradorligini baholash tamoyillari bilan yaqindan tanishildi. Bu yondashuv kasallikning asosiy immunologik mexanizmiga aniq yo’naltirilgan, shaxsga moslashtirilgan davolash imkonini beradi. Stajirovka davomida dotsent 2026-yil 24-oktabrda Qozon shahrida bo’lib o’tgan “Pediatriyaning dolzarb muammolari: prediktiv tibbiyot trendlari” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etdi. Konferensiyada Qozon pediatriya maktabining yetakchi mutaxassislari, jumladan stajirovka rahbari Zakirov I.I. ma’ruzalar bilan chiqdi. Bolalar kasalliklarini erta prognozlash, xavf omillarini aniqlash va shaxsga yo’naltirilgan davolashning zamonaviy tendensiyalari muhokama qilindi. O’zlashtirilgan bilim va tajriba Bolalar kasalliklari kafedrasida bolalar pulmonologiyasi va allergologiyasi bo’yicha ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarni klinik holatlar asosida boyitish, zamonaviy klinik tavsiyalarni talabalar va rezidentlar o’quv jarayoniga joriy etish hamda ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Xalqaro hamkorlik: Professor M.X. Mirraximova va dotsent M.X. Muxsinova Ahmad Yassaviy universitetiga tashrif buyurishdi.  

    Bolalar kasalliklari kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor Mirraximova Maktuba Xabibullayevna hamda kafedra dotsenti, tibbiyot fanlari doktori (DSc) Muxsinova Mahzuna Xolmuradovna xalqaro akademik harakatchanlik va tajriba almashinuv dasturi doirasida Xo‘ja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universitetiga (Turkiston shahri, Qozog‘iston) tashrif buyurishdi. Safar davomida ikki tomonlama ilmiy va ta’lim sohasidagi aloqalarni mustahkamlash, pediatriya yo‘nalishida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda zamonaviy o‘qitish uslublarini joriy etish masalalari muhokama qilindi. Kafedramizning yetakchi olimlari universitet talabalari va yosh tadqiqotchilari uchun ma’ruzalar o‘qib, o‘z sohasidagi ko‘p yillik ilмий va amaliy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Ushbu tashrif oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqishga hamda kelajakda tibbiyot kadrlarini tayyorlash sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

 

Pediatriyada yangilanishlar.Turkiya sog‘liq bilimlari universiteti bilan hamkorlikda turkiy tillarda so‘zlashuvchi davlatlar tibbiyot assotsiatsiyasi pediatrlarining birinchi xalqaro kongressi

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida Turkiya sog‘liq bilimlari universiteti bilan hamkorlikda turkiy tillarda so‘zlashuvchi davlatlar tibbiyot assotsiatsiyasi pediatrlarining birinchi xalqaro kongressi o'tkazildi. 2-xalqaro turkiy tilda so’zlashuvchi davlatlar tibbiyot kongresi: Pediatriyada yangiliklar.“Pediatriyada yangilanishlar” deb nomlangan mazkur kongress doirasida dunyodagi iqlim o‘zgarishlarining bolalar salomatligiga ta’siri, ushbu muammolarning dolzarb jihatlari hamda ularni hal etish yo‘llari jahon olimlari ishtirokida atroflicha tahlil qilindi. Anjumanda AQSH, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonning sohadagi yetuk professor-olimlari o‘z ilmiy xulosalariga asoslangan ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. Shu bilan bir atorda Bizning kafedradan professor Mirraximova M.X., Dotsent Tashmatova G.A. ma'ruzalar bilan faol qatnashishdi.

 

 

     Toshkent davlat tibbiyot universiteti xalqaro ilmiy safarda

Toshkent davlat tibbiyot universiteti xalqaro ilmiy safarda — I.I. Mechnikov davlat tibbiyot universiteti yangi bilim va tajribalar sari kafedramiz dotsent professorlari joriy yilning 22–29-aprel kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi I.I. Mechnikov davlat tibbiyot universitida ishtirok etishdi. Ushbu tashrif davomida biz nafaqat ilmiy almashinuv, balki xalqaro tajriba orttirish imkoniyatiga ham ega bo‘ldik. Delegatsiya tarkibida Bolalar kasalliklari kafedrasi dotsenti, ilmiy loyiha rahbari Abdullayeva D.T, Sog‘liqni saqlash vazirligi Fan-ta’lim boshqarmasi bosh mutaxassisi Abdullayeva D.G hamda Yoshlar akademiyasi Davolash fakulteti lideri Orifjonov D.R ishtirok etdilar. Mazkur Tashrif davomida “Kelajak nevrologiyasi”, “Zamonaviy biotexnologiyalar: fan va amaliyot uchun” nomli konferensiyalar hamda Xalqaro DNK kuni 2026 doirasidagi Butunrossiya forumida faol ishtirok etishdi. Shuningdek, tashrif doirasida quyidagi innovatsion grant loyihasi yuzasidan muhokamalar olib borildi: “Bolalarda differensiyalanmagan biriktiruvchi to‘qima displaziyalarini diagnostika qilish uchun innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish”.Mazkur tashrif biz uchun ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, yangi bilim va tajriba orttirish hamda kelgusidagi loyihalar uchun muhim qadam bo‘ldi. 

   

 "JAMOAT SALOMATLIGINI BOSHQARISH VA SHANHAY HAMDO'STLIK TASHKILOTI (SHHT) DAVLATLARIDA KASALLIKLARNI NAZORAT QILISH” NOMLI SEMINAR 4 -21 IYUN 2025 YIL  

  Xitoy Xalq Respublikasining Shixetszi shahrida joylashgan Shixetszi universitetida bo‘lib o‘tgan “Jamoat salomatligini boshqarish va ShHT davlatlarida kasalliklarni nazorat qilish” mavzusidagi 20 kunlik seminarida O‘zbekiston Respublikasining bir necha tibbiy OTMlari, Sog’liqni Saqlashning hududiy boshqarmasi va birlamchi tizimidan  xodimlar  ishtirok etdilar. Bizning kafedra o'qituvchilari Abdujalilova M.Sh. va Raxmatova F.U. malaka oshirib keldilar.&nb