Elektron pochta

info@tashmeduni.uz

Biz bilan bog'laning

+998 78 150-97-80

Tadbirlar

Bosh sahifa Tadbirlar

8 Dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

491
630
700
369

8 Dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

   

 

     8 dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilingan kun milliy davlatchilik tarixida o‘ta muhim siyosiy-huquqiy voqea sifatida e’tirof etiladi. 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan Asosiy qomusimiz mustaqil demokratik davlat qurish yo‘lida poydevor vazifasini bajardi va mamlakatning huquqiy tizimi, inson huquqlari hamda jamiyatning barqaror rivojlanishi uchun asos yaratib berdi.  2023 yilning 30 aprel kuni bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumida xalqimiz o‘zining yuksak siyosiy ongi, huquqiy madaniyati va dunyoqarashini namoyon etib, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini yoqlab ovoz berdi (90,21%). Yangi tahrirdagi Konstitutsiya 2023 yil 1 maydan boshlab kuchga kirdi. O‘zbekiston Konstitutsiyasining yangi tahriri muqaddima, 6 bo‘lim, 27 bob, 155 moddadan iborat. (avvalgisi , 6 bo‘lim, 26 bob, 128 modda).

     8 dekabr — Konstitutsiya kuni mamlakatimizda faqat huquqiy bayram sifatida emas, balki ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatga ega umumxalq kuni sifatida ham nishonlanadi. Bu kunda ta’lim muassasalari, tashkilot va jamoatchilik o‘rtasida Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatini keng yoritishga qaratilgan tadbirlar, davra suhbatlari va ilmiy anjumanlar o‘tkaziladi. Ushbu tadbirlar yoshlarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish, Vatanga muhabbat va mas’uliyat tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qiladi. 

Xulosa qilib aytganda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatimiz mustaqilligi va demokratik rivojlanishining asosiy qonuniy poydevori bo‘lib, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida ustuvor ahamiyatga ega. 8 dekabr esa bu qomusning ahamiyatini yanada chuqur anglash, uning qiymatini yuksaltirish va fuqarolar huquqiy madaniyatini oshirishga xizmat qiladigan muhim sana hisoblanadi.