Elektron pochta

info@tashmeduni.uz

Biz bilan bog'laning

+998 78 150-97-80

Tadbirlar

Bosh sahifa Tadbirlar

Sport -sog'lom xalq sog'lom avlodning tayanch ustuni

491
630
700
369

Sport -sog'lom xalq sog'lom avlodning tayanch ustuni

                                                                                     Sport -sog'lom xalq sog'lom avlodning tayanch ustuni

    Har bir ota-ona, har bir millatning niyati – jismoniy va maʼnaviy barkamol avlodni tarbiyalashdir. Bunga esa jismoniy tarbiya va sportsiz erishib boʻlmaydi. Sport sogʻlom xalq, sogʻlom avlodning tayanch ustunidir.   Shu munosabat bilan  2025 yil 22 noyabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universitetining "Shifokor" sport majmuasida "Sport - sogʻlom xalq, sogʻlom avlodning tayanch ustuni" shiori ostida sport bayrami tashkil etildi. Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, respublika oliy taʼlim tashkilotlari vakillari, professor-oʻqituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok etishdi. Bayram doirasida mehmonlar tabriklari, sport musaobaqalari, sport paradi, konsert dasturi, 12 ta sport turi boʻyicha oʻtkaziladigan talabalar sport ligasi musobaqalariga start berish tadbiri, Besh tashabbus olimpiadasi gʻoliblarini taqdirlash marosimi kabi jarayonlar oʻtkazildi.  Shu munosabat bilan kafedra hodimlari ham  sport bayramida faol ishtirok etishdi.

         Talabalarimizni va o'qituvchilarni  sportga keng jalb etish maqsadida universitetimizda sport turlari boʻyicha toʻgaraklar faoliyati yo'lga qo'yilgan.  Yurtimizda 700 mingdan ziyod talabalar borligi qayd etilib, ular oʻrtasida sportga havasni kuchaytirish, qamrovni oshirish muhimligi koʻrsatib oʻtildi. Aholini sogʻlom turmush tarziga oʻrgatishda nafaqat sport, balki toʻgʻri ovqatlanish ham dolzarb. Oʻrganishlarga koʻra, aholimizning 44 foizi jismoniy faol emas, 36 foizi toʻgʻri ovqatlanish qoidalariga amal qilmaydi. Boshoqli va donli mahsulotlar, meva-sabzavotlar isteʼmoli kam. Tez tayyor boʻluvchi va tarkibida kanserogen moddalar yuqori boʻlgan mahsulotlar savdosi koʻpaygan. Bular turli kasalliklar va erta oʻlimlarga sabab boʻlayapti.  Shu bois “Sogʻlom inson – sogʻlom millat” gʻoyasi umummilliy harakatga aylantirilishi taʼkidlandi. Buning uchun sogʻlom ovqatlanish va jismoniy faollik targʻibotini har bir oilaga olib kirish kerakligi aytildi.