Konstitutsiya — ekologiya va inson salomatligining huquqiy poydevori
Konstitutsiya — ekologiya va inson salomatligining huquqiy poydevori
Konstitutsiya — ekologiya va inson salomatligining huquqiy poydevori.
Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasida Konstitutsiyamizning 32 yilligi munosabati bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi deputatlari ishtirokida "Ekologiya va inson salomatligi" mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi. Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari Abdushukur Xamzayev yangi tahrirdagi konstitutsiyadagi ekologik normalar va ularning ahamiyati haqida batafsil tushuntirishlar berib o‘tdi. Hamda tadbirda mehmonlarimiz Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Tadjibaeva Gulchehra Sadriddinovna va Toshkent Agrar universiteti, Xuquq va turizm fakulteti, xuquqshunoslik kafedrasi o'qituvchisi Ashurov Nuriddin Nuralizoda tashrif buyurib yangi tahrirdagi konstituttsiya to'g'risida gapirib berdilar . Tadbirda talabalar va o'qituvchilar faol ishtirok etishdi.