Elektron pochta

info@tashmeduni.uz

Biz bilan bog'laning

+998 78 150-97-80

Tadbirlar

Bosh sahifa Tadbirlar

Toshkent davlat tibbiyot universiteti muzeyiga tashrif

491
630
700
369

Toshkent davlat tibbiyot universiteti muzeyiga tashrif

       Toshkent Davlat tibbiyot universiteti muzeyi, o‘zining boy eksponatlari va tarixiy qadriyatlari bilan boy tarixi haqida chuqur bilim berish imkoniyatini yaratadi. Kafedramiz Dotsenti  Saidxonova Adiba Murotxanovna  va  4 kurs talabali bilan universitet muzeyga tashrif buyurishdi. Muzey eksponatlari orqali talabalar o‘zlari o‘qiyotgan bilim dargohining tarixiy voqealari, muhim shaxslari va ularning yutuqlari haqida bilim olishadi. Bu esa yoshlarda milliy o‘zlikni anglash, o‘z madaniyati va tarixiga qiziqishni oshirishga yordam beradi. Tashrif davomida, talabalar muzeyning turli bo‘limlari bilan tanishdilar va muzey xodimlari tomonidan uyushtirilgan ma’ruza va qo‘llanmalardan foydalandilar. Bular orqali ular o‘z bilimlarini boyitdilar va tarixiy hodisalarga bo‘lgan tushunchalarini kengaytirdilar. Bu kabi tashriflar talabalar o‘rtasida shifokorlik mas’uliyat hissini uyg‘otib, ularni o‘z mamlakatlarining aholisini sog‘lig‘ini saqlash va tibbiyotni rivojlantirishga undaydi.