Elektron pochta

info@tashmeduni.uz

Biz bilan bog'laning

+998 78 150-97-80

Tadbirlar

Bosh sahifa Tadbirlar

“Rektor kubogi” sport musobaqalari

491
630
700
369

“Rektor kubogi” sport musobaqalari

                                                                    Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Rektor kubogi” sport musobaqalariga tantanali start berildi.

      Toshkent davlat tibbiyot universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari ko‘tarinki ruh, sportga xos shiddat va katta ishtiyoq bilan boshlandi. Shu bilan bir qatorda bizning kafedra o'qituvchilari va klinik ordinatorlar ham faol qatnashdilar. Musobaqaning tantanali ochilish marosimini universitet rektori Sh.A. Boymuradov ochib berdi hamda barcha ishtirokchilarga omad, kuch-g‘ayrat va munosib g‘alabalar tiladi. Rektor o‘z nutqida sportning jamoani birlashtiruvchi, sog‘lom turmush tarzini shakllantiruvchi va inson salomatligini mustahkamlovchi beqiyos ahamiyatini alohida ta’kidladi. Voleybol musobaqalarida 10 ta erkaklar jamoasi hamda 6 ta ayollar jamoasi ishtirok etib, maydonda yuqori mahorat, jamoaviy birdamlik va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar. Yengil atletika bahslarida esa 100 ga yaqin ishtirokchi qatnashib, o‘zlarining tezkorligi, chidamliligi va sport salohiyatini sinovdan o‘tkazdilar.