Elektron pochta

info@tashmeduni.uz

Biz bilan bog'laning

+998 78 150-97-80

Tadbirlar

Bosh sahifa Tadbirlar

Muruvvat uyida oʼtkazilgan tibbiy-profilaktik tadbir haqida

491
630
700
369

Muruvvat uyida oʼtkazilgan tibbiy-profilaktik tadbir haqida

            Kafedramiz oʼqituvchi-shifokorlari tomonidan 100 сонли Muruvvat uyiga tashrif amalga oshirildi. Tashrifning asosiy maqsadi muassasa tarbiyalanuvchilarining salomatlik holatini baholash, tibbiy maslahatlar berish hamda maʼnaviy-maʼrifiy qoʼllab-quvvatlashdan iborat boʼldi. Tashrif davomida tarbiyalanuvchilar umumiy koʼrikdan oʼtkazilib, ularga sogʼlom turmush tarzi, shaxsiy gigiena qoidalari va kasalliklar profilaktikasi boʼyicha tushuntirish ishlari olib borildi. Zarur holatlarda tibbiy tavsiyalar berildi. Shuningdek, muassasa maʼmuriyati bilan suhbat oʼtkazilib, tarbiyalanuvchilar salomatligini mustahkamlash va profilaktik tadbirlarni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Tashrif davomida ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash, mehr-oqibat muhitini kuchaytirish va tarbiyalanuvchilarning ruhiy holatini yaxshilashga qaratilgan muloqotlar ham tashkil etildi. Xulosa qilib aytganda, ushbu tashrif tarbiyalanuvchilar salomatligini muhofaza qilish, profilaktik ishlar samaradorligini oshirish hamda tibbiy-maʼrifiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.