Elektron pochta

info@tashmeduni.uz

Biz bilan bog'laning

+998 78 150-97-80

Yangiliklar

Bosh sahifa Yangiliklar

Talabalar yotoqxonasiga tashrif

491
630
700
369

Talabalar yotoqxonasiga tashrif

     Kafedramiz oʼqituvchilari  Xudayqulov E.A., Axmedova G.X.,  Abidova D.B., Asamova  N.I. tomonidan talabalar turar joyiga navbatdagi tashrif amalga oshirildi. Tashrifdan maqsad talabalarning yashash sharoitlari, kundalik turmushi hamda darslarga tayyorgarlik holati bilan yaqindan tanishishdan iborat boʼldi. Uchrashuv davomida oʼqituvchilar talabalar bilan suhbatlashib, ularning muammolari, taklif va fikr-mulohazalarini tingladilar. Shuningdek, talabalarga boʼsh vaqtni samarali tashkil etish, kitob mutolaasi, tartib-intizomga rioya qilish hamda sogʼlom turmush tarzini olib borish boʼyicha tavsiyalar berildi. Tashrif iliq va samimiy muhitda oʼtdi. Bunday uchrashuvlar talabalarning oʼqishga boʼlgan masʼuliyatini oshirish, ularni qoʼllab-quvvatlash hamda kafedra bilan talabalar oʼrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.