Elektron pochta

info@tashmeduni.uz

Biz bilan bog'laning

+998 78 150-97-80

Yangiliklar

Bosh sahifa Yangiliklar

“SheSCIENCE 2026” Markaziy Osiyo olimalar xalqaro forumi

491
630
700
369

“SheSCIENCE 2026” Markaziy Osiyo olimalar xalqaro forumi

  SheSCIENCE 2026” Markaziy Osiyo olimalar xalqaro forumi doirasida xotin-qizlarning ilm-fandagi yuqori natijalari, tadqiqot va izlanishlarini rag‘batlantirishga qaratilgan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.  

      “Mo’tabar ayol – 2025” ko‘krak nishoni bilan ilm-fan, ta’lim va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan faol va tashabbuskor xotin-qizlar taqdirlandi. Shuningdek, 2021-yildan buyon iqtidorli olima ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy va innovatsion loyihalarini rag‘batlantirish maqsadidida qator olima ayollar ham munosib rag‘batlantirildi.  Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri g‘oliblarning ilmiy ishlari biotexnologiya, tibbiyot, muhandislik, ekologiya, raqamli texnologiyalar va barqaror rivojlanish kabi dolzarb yo‘nalishlarni qamrab olganini alohida  ta’kidladi. Mazkur e’tirof va grant dasturlari xotin-qizlarning ilm-fandagi salohiyatini ro‘yobga chiqarish, gender tenglikni ta’minlash hamda ilmiy maktablarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Bizning kafedramizdan dotsent Аbdullaeva Dilorom Tel'manovna shu taqdimotda munosib taqdirlandilar. Tabriklaymiz Dilorom Tel'manovna!