Elektron pochta

info@tashmeduni.uz

Biz bilan bog'laning

+998 78 150-97-80

E'lonlar

Bosh sahifa E'lonlar

OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI TERMIZ FILIALI

491
630
700
369

OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI TERMIZ FILIALI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining     2025-yilda Respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy texnik tadbirlar rejasiga kiritilgan (2024-yil 27-dekabrdagi 490-sonli buyrug‘ining 1-ilovasi)     2025 yil  23-24 dekabr kunlari Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida “Innavatsion biologiya hayot fanlarida: genetik, morfologik, gistologik evolyutsion qarashlar” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Konferensiya dasturi quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:

1.Genetika va biotexnologiyadagi innovatsiyalar

2.Morfologiya va anatomiya sohasidagi yangi yondashuvlar

3.Gistologiya va hujayra biologiyasining rivojlanishi

4.Ekologiya va biosfera barqarorligi, evolyutsion biologiya ta’limoti

5.Tibbiy ta’limda biologik innovatsiyalar dolzarbligi

Ilmiy-amaliy anjumanda  ma’ruzalar va  tezislar bilan ishtirok etiladi. Ma’ruza va tezislar o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.

Ma’ruza davomiyligi 10 daqiqadan oshmasligi kerak.

Taqdim etilayotgan tezislar: word doc formatida, Times New Roman tahririda 14 shriftda to‘liq 1-2 bet, A4 formatda 1,0 interval, hoshiyalaridagi o‘lchamlari: chapdan – 2 sm, o‘ngdan - 2 sm, yuqoridan – 2 sm va pastdan – 2 sm bo‘lishi kerak.  (Word  formatida, fayl holda birinchi muallifning familiyasi va ismi  yozilgan ko‘rinishda bo‘lishi kerak, masalan: “Abdiyev Akbar. doc” elektron shaklda).

1. Birinchi qator – tezis nomi (katta harflar bilan)

2. Ikkinchi qator – muallif(lar) F.I.Sh.

3. Uchinchi qator – muallif(lar)ning ish joyi yoki muassasa nomi, manzili (shahri), davlat nomi.

Tezislarni 2025-yilning 15-dekabr kuniga qadar qabul qilinadi.   

Telegram: https://t.me/nurova_zamira73, https://t.me/Muxammadiyev_O_B, https://t.me/zuhriddin_aburaxmonov_15 yoki zamira.nurova73@gmail.com, oybekmuxammadiyev12@gmil.com, zuhriddinabduraxmonov197@gmail.com elektron manzilga yuborishingizni so‘raymiz.

Eslatma: Talablarga javob bermaydigan ma’ruza va tezislar qabul qilinmaydi.

Tashkiliy qo‘mita manzili: Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali, Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 64-bino, pochta indeksi: 132000

Aloqa uchun telefonlar:

+998978411117

+998914364313.

+998957792923