Elektron pochta

info@tashmeduni.uz

Biz bilan bog'laning

+998 78 150-97-80

Yangiliklar

Bosh sahifa Yangiliklar

Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Tibbiyot sohasini rivojlantirish bo‘yicha eng yaxshi tashabbuslar–2025”

491
630
700
369

Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Tibbiyot sohasini rivojlantirish bo‘yicha eng yaxshi tashabbuslar–2025”

Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Tibbiyot sohasini rivojlantirish bo‘yicha eng yaxshi tashabbuslar–2025” Respublika tanlovi bo‘lib oʻtdi.  

Mazkur tadbirning maqsadi — tibbiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy izlanishlari va innovatsion g‘oyalarini keng jamoatchilikka taqdim etishdan iborat. Tanlovda mamlakatimizning turli hududlaridan saralangan eng faol va tashabbuskor tibbiyot talabalari ishtirok etadi. Dastur davomida o‘quv-seminarlar, ilmiy loyihalar taqdimotlari, mahorat darslari, amaliy mashg‘ulotlar hamda turli madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu tanlov yosh olimlar va innovatorlarni rag‘batlantirish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini rivojlantirish hamda tibbiyot sohasida yangi g‘oyalar paydo bo‘lishiga turtki beruvchi muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi.