Elektron pochta

info@tashmeduni.uz

Biz bilan bog'laning

+998 78 150-97-80

Tadbirlar

Bosh sahifa Tadbirlar

«Zamonaviy pediatriyada multidistsiplinar strategiyalar: bolalar kasalliklarini tashxislash, davolash va reabilitatsiya qilishdagi innovatsiyalar» mavzusidagi halqaro ishtirokidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani

491
630
700
369

«Zamonaviy pediatriyada multidistsiplinar strategiyalar: bolalar kasalliklarini tashxislash, davolash va reabilitatsiya qilishdagi innovatsiyalar» mavzusidagi halqaro ishtirokidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani

   2025 yil 20 noyabrda Toshkent shahrida Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida xalqaro ishtirokidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani oʻtkazildi. Tadbir markazning katta konferentsiya zalida ochiq (offlayn) formatda oʻtdi.  Oʻzbekiston Respublikasida aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish darajasini yangi bosqichga koʻtarishda onalik va bolalikni muhofaza qilish, onalar va bolalarning sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishini kengaytirish, ularga ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordam koʻrsatish, chaqaloqlar va bolalar oʻlimini kamaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Kelajak avlodlarning sogʻligʻi va farovonligi milliy siyosatning ustuvor vazifalari boʻlib, bu sohada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va qonunchilik tashabbuslari doirasida keng koʻlamli davlat dasturlari amalga oshirilmoqda.
    Anjumanning asosiy mavzusi — bolalarga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni takomillashtirish, statsionar davolash samaradorligini oshirish, dispanserizatsiyani rivojlantirish hamda ilgʻor ilmiy yutuqlarni amaliyotga joriy etishdan iborat boʻladi. Tadbir doirasida pediatriyaning turli yoʻnalishlarini, jumladan neonatologiya, gastroenterologiya, pulьmonologiya, kardiorevmatologiya, psixiatriya, gematologiya, bolalar nevrologiyasi, yuqumli kasalliklar, jarrohlik hamda laboratoriya xizmatlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. 
Anjumanning maqsadi — pediatrlar, tadqiqotchilar va amaliyotchi shifokorlar oʻrtasida tajriba va bilim almashish, shuningdek, bolalarga koʻrsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirishga qaratilgan zamonaviy texnologiya va usullarni muhokama qilindi.