Elektron pochta

info@tashmeduni.uz

Biz bilan bog'laning

+998 78 150-97-80

Yangiliklar

Bosh sahifa Yangiliklar

Toshkent tibbiyot universiteti talabasi samolyotda inson hayotini saqlab qo'ydi

491
630
700
369

Toshkent tibbiyot universiteti talabasi samolyotda inson hayotini saqlab qo'ydi

  Toshkent-Dehli yoʻnalishidagi aviareysida parvoz vaqtida tobi qochgan yoʻlovchiga Toshkent davlat tibbiyot universitetining xalqaro fakultetida tahsil olayotgan hindistonlik talaba Muhammad Anis birinchi tibbiy yordamni koʻrsatib, uning hayotini saqlab qoldi.  «Toshkentdan Dehliga uchayotganda samolyotda «Agar bortda shifokor yoki tibbiyot xodimi boʻlsa, iltimos, ekipajga xabar bering» degan eʼlon berildi. Shu payt men: «Ha, men shifokorman, yordam bera olaman», dedim. Bemor 48 yoshli ayol edi, u juda bezovta edi, qattiq xavotirga tushgan. Men bemorning hayotiy koʻrsatkichlarini tekshirishganimda yurak urishi tezlashgani, yaʼni taxikardiya xuruji kechayotganini aniqladim. Darhol bemorga karotid massajini qilishga kirishdim va taxminan 10-15 soniyadan soʻng u oʻzini yaxshiroq his qila boshladi», — deydi universitet talabasi. Samolyot Dehliga qoʻngach bemor shifokorlarga topshirildi. BIz talabalarimiz bilan faxrlanamiz.