Электрон почта

info@tashmeduni.uz

Связаться с нами

+998 78 150-97-80

Событие

Главная Событие

Поддержка сирот и студентов, оставшихся без родительской опеки.

491
630
700
369

Поддержка сирот и студентов, оставшихся без родительской опеки.

     Toshkent Davlat Tibbiyot Universitetimizda yetim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan talabalarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratiladi. Ularning sifatli ta’lim olishi, ijtimoiy himoyasi hamda har tomonlama rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan. Yetim talabalar uchun quyidagi imkoniyatlar mavjud, bepul ta’lim yoki imtiyozli to‘lovlar asosida o‘qish imkoniyati, stipendiya va moddiy yordamlar bilan muntazam ta’minlash, talabalar turar joyi (yotoqxona) bilan bepul yoki imtiyozli asosda ta’minlash, tibbiy xizmatlardan bepul foydalanish va sog‘lomlashtirish tadbirlarida ishtirok etish, psixologik qo‘llab-quvvatlash va maslahat xizmatlari, kutubxona, sport zallari va zamonaviy o‘quv resurslaridan erkin foydalanish, Iqtidorli talabalar uchun grantlar, ilmiy loyihalar va tanlovlarda ishtirok etish imkoniyatlari. 
     Shuningdek, universitetda yetim talabalarni ijtimoiy moslashtirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashish maqsadida turli ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy tadbirlar muntazam tashkil etiladi. Shu qatorda bizning kafedraga biriktirilgan chin etim talabamiz bor, Egamnazarov Xasan. Universitetimiz har bir talabaga, ayniqsa ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar uchun, o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etishi va kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib bermoqda.