21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni
21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni
21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni
Kafedra mudiri professori, t.f.d. M.X.Mirraximova tabrik so‘zi bilan chiqdilar:
Hurmatli hamkasblar, Siz, azizlarni jonajon yurtimizda keng nishonlanayotgan qutlug‘ ayyom – O‘zbek tili bayrami kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti minbaridan muntazam yangrab kelayotgani barchaga g‘urur-iftixor bag‘ishlash bilan birga, dunyoda o‘zbek tilini o‘rganishga intilayotgan insonlar safini ham tobora kengaytirmoqda.
Qadim turkiy tilimizni ilk bor ilmiy asosda tadqiq etgan buyuk alloma Mahmud Koshg‘ariyning: “Erdam boshi tildur”, ya'ni “Barcha ezguliklar tildan boshlanur”, degan so‘zlarida teran haqiqat mujassam. Darhaqiqat, odamzot qalbidagi jamiki olijanob fazilatlar ona tilining betakror mo‘'jizasi, sehri va jozibasi bilan kamolga yetadi.