E-mail

info@yoursite.com

Contact us

+998 78 150-97-80

Yangiliklar

Home Yangiliklar

«Yashil makon» umummilliy loyihasi amalda

491
630
700
369

«Yashil makon» umummilliy loyihasi amalda

         

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan, Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, «Yashil makon» umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida  Mamlakatimizda ekologik vaziyatni yaxshilash, transchegaraviy garmsel shamollari va chang-qum bo‘ronlarining atrof-muhitga zararli ta’sirlarining oldini olish maqsadida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Yurtimizda  «Yashil makon» umummilliy harakati boshlanganiga 2 yil bo‘ldi. Shu davrda 1200 gektardan ortiq yam-yashil bog‘ va istirohat bog‘lari, ko‘cha va yo‘laklar bo‘ylab 1 million gektardan ortiq yashil maydon barpo etildi. Prezidentimiz tashabbusi bilan ko‘chatlar ekish, yashil maydonlarni ko‘paytirish katta harakatga aylanmoqda. Shu sababli  “Yashil Makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish va atrof-muhitni muhofaza qilish yuzasidan malaka oshirish fakulteti Bolalar kasalliklari kafedrasi xodimlari talabalar bilan birgalikda Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasi xududiga 50 tup daraxt ko‘chatini ekdi.  Ta’kidlash joizki, daraxt ekish an’anasi bugungi kunda har qachongidan ham dolzarbdir. Mamlakatimizda xalqaro tashkilotlar va xorijiy delegatsiyalar ishtirokida o‘tkazilayotgan aksariyat tadbirlar an’anaviy tarzda ko‘chat ekish bilan yakunlanayotgani aholining ekologik madaniyatini yuksaltirishga bevosita xizmat qilmoqda.