MUSTAQILLIK DARSI: “YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BOʻLIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ!”
MUSTAQILLIK DARSI: “YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BOʻLIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ!”

Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan mustaqillik darsi kafedrada 4 kurslarga o‘tildi. Kafedra mudiri professor, t.f.d., M.X.Mirraximova so‘zga chiqib, tabrik nutqini so‘zladi: Aziz hamkasblar sizlarni eng ulug‘, eng aziz bayram – mustaqil O‘zbekistonimizning 35 yilligi bilan chin qalbimizdan muborakbod etaman. Mamlakatimiz tinchligi va taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi, farzandlarimiz kelajagi bardavom bo‘lsin!
“Bugun shiddatli hayotning oʻzi barchamizni yanada ulkan marralar sari daʼvat etmoqda. Oʻz kuchimiz va salohiyatimiz bilan barpo etgan mustaqil davlat, erkin va ozod jamiyatni yanada kuchli, yanada goʻzal va obod etish bosh vazifamizga aylanmoqda. Bu shunday yuksak marraki, unga erishish uchun har qancha mehnat qilsak arziydi. Bu shunday buyuk, sharafli maqsadki, unga butun borligʻimizni baxsh etsak arziydi” Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nutqlaridan.
“Mustaqillik darsi”ni o‘tishdan ko‘zlangan maqsad: mustaqillik o‘zbek xalqining uzoq tarixiy davr mobaynida orzu qilib kelgan maqsadi, istiqlol yo‘lidagi kurashlar tarixidan iboratdir. 1991-yilda erishilgan tarixiy g‘alaba – milliy mustaqillikning qo‘lga kiritilishi tufayli o‘zbek xalqi o‘z qaddini rostladi, tenglar ichida tengligi ta’minlandi. Ayniqsa, so‘nggi o‘n yil ichida erishilgan yutuqlarimiz Yangi O‘zbekistonni dunyoga tanitdi, uning mustaqil xalqaro subyekt sifatida tan olishiga sabab bo‘ldi. “Ma’rifat darsi”da ana shular haqida ayrim ma’lumotlar beriladi.
Bugun O‘zbekiston o‘z milliy mustaqilligini yanada mustahkamlash, erkinlik va ozodlikning yangi davri, bunyodkorlik va farovonlik yo‘lining yuqori bosqichiga chiqib oldi. Uzoq tarixiy davr mobaynida ota-bobolarmiz orzu qilib kelgan milliy mustaqillik tufayli bugungi o‘zbek xalqining qaddi tiklandi, o‘z haq-huquqlarini o‘zi hal etish, o‘z taqdirini o‘zi belgilash imkoniyatlari yaratildi. Oradan yillar, asrlar o‘tadi. Lekin milliy davlatchiligimizni, o‘zligimiz va insoniy haq-huquqlarimizni tiklab bergan, barcha yutuq va marralarimizning zamini bo‘lgan Mustaqillik kuni biz uchun, kelgusi avlodlar uchun doimo eng ulug‘, eng aziz bayrami bo‘lib qoladi.


\