37
/
08.04.2025
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi
Buyuk bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi butun mamlakatimizda keng nishonlanmoqda. O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyondasi, tarixchi, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi, boy ma’naviy merosi, ilmiy asarlari yodga olinmoqda. U yaratgan bebaho asarlarning jahon taraqqiyoti, ilm-fani rivojidagi ahamiyati, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirishdagi o‘rni beqiyosdir. Mamlakatimizning qadimgi va o‘rta asrlar tarixiga oid arab, fors, Xitoy, Hindiston va o‘rta osiyolik mualliflar yozma manbalarida Jizzax vohasi tarixi haqida ancha boy ma’lumotlar saqlanib qolgan. Ushbu manbalar ichida Jizzax vohasining XV-XVI asrlar davri tarixi haqida Zahriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari alohida ahamiyat kasb etadi. Kafedramizda xorijiy guruh talabalari bilan tadbirda buyuk davlat arbobi to'grisisdagi suhbat qizg'in o'tdi.



