"Kelajak nevrologiyasi" Butunrossiya forumi.Sankt-Peterburg.
"Kelajak nevrologiyasi" Butunrossiya forumi.Sankt-Peterburg.
Toshkent davlat tibbiyot universiteti xalqaro ilmiy safarda — I.I. Mechnikov davlat tibbiyot universiteti yangi bilim va tajribalar sari kafedramiz dotsent professorlari joriy yilning 22–29-aprel kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi I.I. Mechnikov davlat tibbiyot universitida ishtirok etishdi. Ushbu tashrif davomida biz nafaqat ilmiy almashinuv, balki xalqaro tajriba orttirish imkoniyatiga ham ega bo‘ldik. Delegatsiya tarkibida Bolalar kasalliklari kafedrasi dotsenti, ilmiy loyiha rahbari Abdullayeva D.T, Sog‘liqni saqlash vazirligi Fan-ta’lim boshqarmasi bosh mutaxassisi Abdullayeva D.G hamda Yoshlar akademiyasi Davolash fakulteti lideri Orifjonov D.R ishtirok etdilar. Mazkur Tashrif davomida “Kelajak nevrologiyasi”, “Zamonaviy biotexnologiyalar: fan va amaliyot uchun” nomli konferensiyalar hamda Xalqaro DNK kuni 2026 doirasidagi Butunrossiya forumida faol ishtirok etishdi. Shuningdek, tashrif doirasida quyidagi innovatsion grant loyihasi yuzasidan muhokamalar olib borildi: “Bolalarda differensiyalanmagan biriktiruvchi to‘qima displaziyalarini diagnostika qilish uchun innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish”.Mazkur tashrif biz uchun ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, yangi bilim va tajriba orttirish hamda kelgusidagi loyihalar uchun muhim qadam bo‘ldi.

