Визит кафедры Детских болезней Ташкентского государственного медицинского университета в Республиканский колледж общественного здравоохранения им. Абу Али ибн Сино № 2.
Визит кафедры Детских болезней Ташкентского государственного медицинского университета в Республиканский колледж общественного здравоохранения им. Абу Али ибн Сино № 2.
Toshkent davlat tibbiyot universitetiga biriktirilgan 2-Respublika Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumiga navbatdagi tashrif tashkil etilib, bo‘lib o‘tdi.
24-aprel kuni mazkur texnikumga Toshkent davlat tibbiyot universiteti “Bolalar kasalliklari” kafedrasi mudiri, professor Mirraximova Maktuba Xabibullayevna hamda katta o‘qituvchi, tibbiyot fanlari nomzodi Abidova Dildora Baxtiyor qizi tashrif buyurdilar. Tashrif davomida texnikum rahbariyati va o‘qituvchilari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish, qo‘shma tadbirlar tashkil etish hamda o‘quv-uslubiy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ilmiy maqolalar yaratish bo‘yicha istiqbolli rejalar ishlab chiqildi hamda seminarlar va ilmiy-amaliy anjumanlarga texnikum pedagoglarini keng jalb etish yuzasidan kelishuvga erishildi. Texnikum o‘quvchilari uchun “OITS — orttirilgan immun tanqisligi sindromi” hamda “Bolalarda diareya” mavzularida seminar-trening tashkil etildi. Unda mutaxassislar tomonidan kasalliklarning kelib chiqishi, yuqish yo‘llari, klinik belgilari, diagnostikasi, davolash va profilaktikasi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Seminar davomida savol-javoblar o‘tkazilib, ishtirokchilar uchun mazmunli va qiziqarli muhokamalar tashkil etildi.




