MARDLAR QO‘RIQLAYDI VATANNI
MARDLAR QO‘RIQLAYDI VATANNI
Ushbu mashg‘ulot talabalarda Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi ekanligi, bu boradagi mardlik, jasorat va fidoyilik tushunchalari, harbiylarimizga hurmat va ulardan o‘rnak olish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan. “Vatan”, “Vatanni himoya qilish”, “Mardlik” atamalarining mazmun-mohiyati, yuksak ezgulik ramzi sifatidagi o‘rni va roli, ahamiyatini anglash, Vatanimizni ardoqlash hamda qadrlash; – Mazkur tushunchalarning tarixiy kelib chiqishi hamda har bir fuqaro uchun zarurligi, mamlakatimiz aholisi va ayniqsa, bugungi kunda kamolga yetayotgan yoshlarimiz uchun qadri; – Vatan himoyasi va uni qo‘riqlash shart-sharoitlari, uning nimalarni anglatishi, bu boradagi faoliyatning tartib-qoidalari hamda Vatanga hurmat- ehtirom ko‘rsatish tamoyillari; – Vatan himoyasi va unga ehtirom ko‘rsatish tartib-qoidalari buzilganda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlar hamda ularning oldini olish, bunday hollarga barham berish yoʻllari bilan bog‘liq masalalar. Dars davomida talabalar hayotiy misollar va dalillar, audio va video materiallar, keys-topshiriqlar va rolli o‘yinlar orqali umuman “Vatan”, “Vatanni himoya qilish” tushunchalari, ularning har bir inson uchun zarurligi va qadr qimmati, o‘rni va roli, uni ardoqlash va qadrlash, yurtga ehtirom ko‘rsatish tartib qoidalariga doir bilimlarni o‘zlashtiradilar va bu haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. Mashg‘ulot interaktiv usullarda tashkil etiladi, talabalarda mustaqil fikrlash, mantiqiy tahlil, empatiya va sog‘lom muloqot, ezgu g‘oyalarga sadoqat, davlatimiz ramzlari va ayniqsa Vatanni qadrlash va ardoqlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.

